Kataloniyada ilk marta Ispaniyadan ajralib chiqishini xohlovchilar soni ko‘pchilikni tashkil etdi

Jahon 18:23 / 22.07.2016 4224

Kataloniyaning Ispaniyadan ajralib chiqishini xohlovchilar yildan-yilga ko‘payib bormoqda.

Oxirgi o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, 47,7 foiz katalonlar Ispaniyadan ajralib, mustaqil davlat bo‘lishni xohlamoqda. 42,4 foiz aholi esa bunga qarshi. Qolganlar so‘rovda qatnashmagan.

Oxirgi ikki yilda Ispaniya tarkibidan chiqish va unda qolishni xohlovchilar deyarli teng miqdorda edi. Bu yil ilk marta Kataloniya mustaqilligini xohlovchilar soni ko‘p bo‘ldi. O‘tgan yil fevralida Ispaniyadan ajralib chiqish tarafdorlari 44,1 foizni, Ispaniyada qolish tarafdorlari esa 48 foizni tashkil qilgandi.

O‘tgan yilning 9 noyabridan boshlab Kataloniya respublika ko‘rinishidagi yangi mamlakat tuzishni boshlab yuborgan. Kataloniya parlamenti deputatlarining 72 nafari Ispaniyadan ajralib chiqishga «ha» deb, 63 nafari «yo‘q» deb javob bergan.

Ko‘proq yangiliklar: