IShID Fransiyada navbatdagi teraktlar sodir etishi bilan tahdid qildi

Jahon 21:34 / 22.07.2016 7789

IShID jangarilari Fransiyada navbatdagi teraktlar sodir etilishi haqida aytilgan videoyozuvni tarqatdi. Bu haqja Daily Mail xabar bergan.

Xabar qilinishicha, videorolikda jangari g‘urur bilan Nitstsada 84 kishining o‘limi bilan yakunlangan fojiani o‘z ishlari sifatida ataydi va Fransiyada teraktlar sodir etilishi davom etishini ma'lum qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra Parij, Nitstsa va Marsel shaharlarida yangi teraktlar yuz beradi.

Bundan tashqari, u koalitsiya hujumlaridan jabrlangan bolalarni ko‘rsatgan va barcha tarafdorlarni Fransiyaga va koalitsiyaning boshqa a'zolariga qarshi birlashishga chaqirgan. Video oxirida radikallar tomonidan josuslar deb topilgan ikki kishi qatl etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: