«Real» «Nyukasl» yarim himoyachisi Mussa Sissokoni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Jurnalist Tankredi Palmerining yozishicha, madridliklar klubi vakillari fransuz futbolchining transferi borasida inglizlar jamoasi bilan aloqaga chiqqan.
Bundan oldinroq, «Nyukasl» Yevro-2016 turnirida yorqin o‘yinlar ko‘rsatgan bu futbolchisi uchun 35 million funt talab etishi haqida xabar berilgandi.
Qayd etish kerak, yangi mavsumda chempionshipda ishtirok etayotgan «Nyukasl»ni «Real»ning sobiq bosh murabbiyi Rafael Benites boshqarmoqda.
Sissoko uchun «Borussiya», «Yuventus» va «Everton» kabi jamoalar tomonidan ham qiziqish mavjud.
Madridliklar jamoasi yarim himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun Yevropa chempionatida o‘zini ko‘rsatgan boshqa bir futbolchi, portugaliyalik Andre Gomeshni o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, ammo «Barselona»ga raqobatni boy bergandi.
Manba: Tribuna.uz