Gibraltar futbolchilari «Aeroflot» styuardessasini masxara qilishdi
Internet tarmog‘ida «Aeroflot» kompaniyasi bortida suratga olingan mobil videolavha ommalashib bormoqda. Unda, «Yevropa» futbol jamoasi a'zolari xavfsizlik qoidalarini tushuntirgan styuardessaga hazil qilib, uni mazax qilishgan.
Voqea, Gibraltar klubining Yevropa Ligasi saralash bosqichining birinchi turi javob o‘yinini o‘tkazish maqsadida Yerevanga uchayotgan vaqtida bo‘lib o‘tgan.
Lavhaga ko‘ra, xavfsizlik qoidalari va choralarini namoyish etayotgan styuardessa kutilmaganda futbolchilarning kayfiyatini chog‘ qilgan. Shundan so‘ng, sportchilar uning har bir harakatini olqishlovchi ovozlar bilan kuzatib borishgan, kulishgan va hazil qilishgan. Natijada, o‘zini kulgidan to‘xtatolmagan qiz qoidalarni oxirigacha aytishning uddasidan chiqqan.
«Pyunik» jamoasiga qarshi o‘yin 7 iyul kuni bo‘lib o‘tgan. «Yevropa» Yerevandagi o‘yinda 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, keyingi bosqichga yo‘l olgan.
Mavzuga oid

20:37 / 07.01.2025
Styuardessaga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

11:33 / 04.02.2023
Aql bovar qilmaydigan hodisa: 10 kilometr balandlikdan qulab tirik qolgan qiz

10:35 / 09.09.2020
Styuardessa sifatida ishga joylashtirishni va'da qilib, evaziga 1000 dollar olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

19:18 / 03.11.2018