Styuardessa sifatida ishga joylashtirishni va'da qilib, evaziga 1000 dollar olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston 10:35 / 09.09.2020 3578

Yunusobod tumani ichki ishlar organlariga 28 yoshli Muhabbat Yu. murojaat qildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB

U o‘z arizasida unga 2017 yilning iyun oyida tanishlari orqali aviakompaniyaga styuardessa ishiga joylashtirishni va'da qilgan Andijon viloyatilik, 26 yoshli Farhod A.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. 

Qayd etilishicha, o‘z xizmati evaziga 1000 AQSh dollari olgan Farhod va'dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. 

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Ko‘proq yangiliklar: