Foreign Policy: «2016 yil juda yomon o‘tmoqda»

Jahon 21:19 / 22.07.2016 8250

Dunyoda yuz berayotgan siyosiy beqarorlik va xunrezliklar odamlarning yashash tarzini og‘irlashtirmoqda. Xalqaro Foreign Policy jurnali 2016 yilni eng yomon o‘tayotgandan yillardan biri deb atadi.

Bunga sabab sifatida Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishi, AQShdagi politsiyachilarning o‘ldirilishi odatiy holga aylangani, Nitstsadagi terakt, Turkiyadagi harbiy to‘ntarish voqealari, Rossiya va NATO o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, jurnalning ta'biricha, «boshqaruvda umuman uquvi bo‘lmagan Donald Trampning prezidentlikka nomzod bo‘lishi» va shu kabi boshqa voqealar keltirilgan.

Jurnal ortda qolayotgan yilni 1989, 1991 va 2001 yillarday «qiziqarli» bo‘lmasa ham juda ham yomon yil deb baholagan. E'tiborlisi, Yaqin Sharq va musulmon dunyosidagi yuz bergan minglab odamlarning o‘lib ketishi jurnal nazdida «yomon yil»ning yomonligiga sabab bo‘lmagan. Faqat Yevropa va AQShdagi voqealar qayg‘uli fon ostida ta'kidlangan.

Ko‘proq yangiliklar: