Facebook kompaniyasi o‘zining birinchi dronini sinovdan o‘tkazdi

Fan-texnika 08:31 / 22.07.2016 7366

Jahonda mashhur ijtimoiy tarmoq Facebook kompaniyasi o‘zining birinchi uchuvchisiz qurilmasi Aquilaning sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazgan. U, Arizona janubi-g‘arbida bo‘lib o‘tgan. Tarmoq asoschisi Mark Tsukerberg shu haqdagi matbuot bayonnomasini o‘z sahifasiga joylashtirgan.

Xabarlarga ko‘ra, Bir necha oylar davomida dronning yirik nusxasi sinovdan o‘tkazilgan. Iyun oyi oxiridan esa, haqiqiy samolyotning o‘zi havoga ko‘tarilgan. Ta'kidlanishicha, uning qanotlarining umumiy qamrovi Boeing 737 qanotlaridan uzundir. 

Quyosh batareyalaridan quvvat oluvchi samolyot havoda bir yarim soat parvoz qilgan, uni mutaxassislar guruhi kuzatib borishgan. Dronning uchishi va qo‘nishi avtomatik tarzda amalga oshirilgan. 

Aquila loyihasining maqsadi dunyoning chekka hududlarini quyosh energiyasida uchadigan dronlar va lazer nurlari yordamida internetga ulashdir.

Ko‘proq yangiliklar: