AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Edvard Snouden va xaker Endryu Xuang iPhone uchun smartfon egasining shaxsiy ma'lumotlarini himoyalovchi g‘ilof yaratish ustida ishlashmoqda, deb xabar bermoqda Wired.
Kichik displeyli g‘ilof smartfonning orqa qopqog‘iga mahkamlanadi va SIM-karta sloti orqali ulanadi. Qurilma yordamida foydalanuvchi iPhone antennasi orqali uzatiladigan signallarni kuzatishi mumkin. Agar smartfon egasi shaxsiy ma'lumotlariga xavf tug‘diruvchi signal aniqlansa (misol uchun, joyning aniqlanishi), unda tizim bu haqda foydalanuvchini ogohlantiradi va ma'lumotlarni uzatishning barcha funksiyalarini o‘chiradi.
Snouden tizim "aviarejim" funksiyasidan ko‘ra, ma'lumotlarni rejalashtirilmagan uzatishdan yaxshiroq himoyalashini aytdi. Uning aytishicha, turli davlatlar hukumatlari maxsus qurilmalar yordamida istalgan ma'lumotni uzatish o‘chirilgan bo‘lsa ham, smartfonga kira olganlar.
Ta'kidlanishicha, hozirda tizim yaratilishining boshlang‘ich bosqichida turibdi, biroq Snouden va Xuang bu qurilmani seriyali ishlab chiqarish rejasi ustida ishlashmoqda.