Yaponiyaning Funai kompaniyasi videokassetalarni (VHS-kasseta) ko‘rish uchun oxirgi videomagnitofonni ishlab chiqarishini e'lon qildi. Bu haqda Nikkei portali ma'lum qildi.
Funai hali ham videomagnitofonlar ishlab chiqaruvchi dunyodagi yagona kompaniya hisoblanadi. Kompaniya vakillari iste'molchilarning videomagnitofonlarga qiziqishi batamom yo‘qolganini ta'kidlab o‘tdilar, bundan tashqari, ishlab chiqarish uchun zarur butlovchi qismlarni xarid qilish borgan sari murakkablashib bormoqda.
O‘tgan yili Funai 750 mingta videomagnitofon sotgandi.
Yaponiyaning Sony kompaniyasi videomagnitofonlarni ishlab chiqarishdan 2002 yilda, JVC esa 2008 yilda voz kechgandi.