Jahon xom-ashyo bozorlaridagi neft narxlari AQSh neft zaxiralariga oid hisobotning noaniqligi va Baker Hughes neft xizmati kompaniyasining Amerikadagi burg‘ilash uskunalari haqidagi ma'lumotlarini e'lon qilishi arafasida qarama-qarshi yo‘nalishda o‘zgarmoqda.
Xususan, sentabr oyi fyucherslari uchun savdolarda Shimoliy dengiz neft aralashmasi Brent tofiasidagi neftning bir barreli 0,06 foizga o‘sib, 46,23 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, ayni oy uchun WTI rusumli neftning bir barreli 0,16 foizga arzonlashib, 44,68 dollardan sotilgan.
Ta'kidlash joizki, AQSh energetika vazirligining mamlakatdagi neft zaxirasiga oid haftalik hisobotidan so‘ng, neft narxlari jiddiy o‘zgarishlarni qayd etayotgani yo‘q.