AQShning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi o‘zining arab davlatidagi fuqarolarini Jidda shahrida "salohiyatli tahdidlar"ning yuzaga kelishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqida Reuters ma'lum qildi.
"Bu ogohlantirish, ushbu mamlakatga borishdan bosh tortishga chorlovchi da'vat emas", - deya ma'lum qilindi elchixonada.
Shuningdek amerikalik diplomatlar o‘z fuqarolarini sayohat yo‘nalishlarini ehtiyotkorlik bilan rejalashtirishga yoki mamlakat bo‘ylab harakatlanishni to‘xtatib turishga chaqirishdi.