2016 yilning 2-choragida Apple Watch sotuvi ikki barobar pasaydi

Fan-texnika 21:52 / 22.07.2016 5260

International Data Corporation (IDC) xalqaro tahliliy kompaniyasi 2016 yilning ikkinchi choragida "aqlli soatlar" sotuvi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan keskin kamayganini qayd etdi. Ikkinchi chorakda 3,5 mln dona shunday mahsulot sotilgan va 32 foizlik kamayish yuz bergan (O‘tgan yili yilning bu davrida 5,1 mln dona "aqlli" soat sotilgandi). Bu haqda kompaniya press-relizida keltirilgan.

Bunga Apple kompaniyasining Apple Watch soatlariga talab kamaygani sabab sifatida keltirilgan. 2016 yilning ikkinchi choragida Apple 1,6 mln dona soatini sotdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich esa - 3,6 mln dona edi. Kompaniyada bu borada 55 foizlik pasayish qayd etilgan.

Shunga qaramasdan Apple "aqlli" soat ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Samsung, Lenovo, LG, Garmin kabi raqobatchi kompaniyalarni ortda qoldirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: