Janubiy koreyalik askarlar tushkunlik bilan balet yordamida kurashmoqdalar

Jamiyat 19:53 / 21.07.2016 6429

"Shimoliy Koreya bilan chegarani ko‘riqlashdan asabiyroq ishni topish mushkul bo‘lsa kerak. Biroq bunday mashaqqatli xizmatni o‘tayotgan Janubiy koreyalik askarlar tushkunlik bilan kurashishning antiqa usulini topdilar: ular balet bilan shug‘ullanmoqdalar", deb yozmoqda Quartz nashri.

Balet saboqlarini Janubiy Koreya milliy baletidan professional balerina olib bormoqda. Askarlarning aytishicha, mashg‘ulotlar ularga xotirjam bo‘lishga va muvozanatni topishga hamda hamkasblari bilan do‘stlikni mustahkamlashga yordam bermoqda".

Quyida shu holat aks etgan suratlar keltirilgan. Suratlarni Reuters axborot agentligi muxbiri Kim-Xong Ji olgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: