2016 yilning yanvar-iyun oylarida iqtisodiyot sohasida band kishilar soni 13,191 millionni tashkil qildi, bu raqamlar o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,8 foizga oshgan.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotiga ko‘ra, davlat sektorida xizmat ko‘rsatuvchi kishilar soni umumiy bandlikning 18,2 foizini (2015 yilda - 18,4 foiz) tashkil qildi, nodavlat sektorda esa - 81,8 foiz (81,6 foiz).
2016 yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlikda bandlik ulushi 77,7 foizga oshdi (2015 yilda 77,3 foiz).
Bandlik ko‘rsatkichlarining o‘sishi iqtisodiyotning tashish va saqlash (3,8 foizga), yashash va ovqatlanish xizmatlari (3,7 foizga), axborot va aloqa (3,4 foizga), qurilish (3,3 foizga) va savdo-sotiq (2,8 foizga) kabi sohalarida kuzatilmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bandlik ko‘rsatkichlari qishloq va o‘rmon xo‘jaligi hamda baliqchilikda 27,0 foiz, sanoatda - 13,6 foiz, savdo-sotiqda - 10,4 foiz, qurilishda - 9,4 foiz, ta'lim sohasida - 8,4 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiy faol aholining bandlik darajasi 94,8 foizni, ishsizlik darajasi esa 5,2 foizni tashkil etdi.