YUNISEF:  Jahon bo‘yicha qizlarning har o‘n nafaridan biri jinsiy zo‘rlikka uchramoqda

Jamiyat 11:48 / 21.07.2016 12079

BMTning bolalar fondi (YUNISEF)ning tasdiqlashicha, jahon bo‘yicha 120 mln qiz umri davomida bir marta bo‘lsada jinsiy zo‘rlikka uchraydi

YUNISEFning fikricha “bu holatlar qizlarga nisbatan bu kabi munosabatlarni yetarlicha jazolashga qaratilmagan madaniyatlar bilan bog‘liq”. "Jahon bo‘yicha 120 million qiz – har o‘n nafardan biri – jinsiy zo‘rlikka duch kelmoqda. Ularning aksariyati bu holatga 15-19 yoshida tushmoqda", - dedi YUNISEFning ijtimoiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Anju Malxotra.

BMT bahosiga ko‘ra, 35 foiz xotin-qiz jinsiy zo‘rlikka uchraydi. Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, zo‘rlik qurboniga aylangan ayollar ikki baravar ko‘p abort qildirishadi, ko‘p depressiyaga tushishadi, ayrim hududlarda esa OIVga 1,5 marta ko‘p chalinishadi. 

Erkaklar orasida esa bu holat 6 foizni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: