Turkiya parlamenti 3 oyga favqulodda vaziyat tartibi kiritilishini ma'qulladi

Jahon 22:38 / 21.07.2016 5053

Turkiya parlamenti hukumatning 3 oyga favqulodda vaziyat tartibi kiritilishi qarorini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, qarorning qabul qilinishiga 550 nafar parlament a'zosidan 346 nafari ovoz bergan.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an davlat to‘ntaruviga urinishda ishtirok etganlarga samarali harakatlarni amalga oshirish uchun 3 oylik muddatga favqulodda vaziyat kiritilishini e'lon qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: