Turkiya hukumati: uchuvchi Rossiyaning Su-24’ni urib tushirish qarorini mustaqil qabul qilgan

Jahon 22:04 / 21.07.2016 13995

Suriya chegarasida Rossiyaning Su-24 qiruvchi samolyotini urib tushirgan uchuvchi hujum qilish haqida mustaqil  ravishda qaror qabul qilgan. Bu haqda Turkiya yetakchi partiyasi bo‘lgan Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari Yasin Aktay ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

"Samolyotning urib tushirish qarori havoda qabul qilingan. Bunday qarorni uchuvchi qabul qiladi va u bunda kuch ishlatish qoidalariga amal qiladi. Biroq u qisqa vaqtga havo hududini buzib, uni tark etmoqchi bo‘lgan samolyotni urib tushirmasligi mumkin edi", deb aytdi Aktay.

Aktay, shuningdek, mamlakat havo hududining buzilishi va bunday holatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytgan hamda mamlakat "kuch qo‘llash qoidalarini gumon ostiga qo‘ymaslik uchun" o‘z uchuvchisini himoya qilganini aytgan.

Avvalroq Turkiya hukumati samolyotni urib tushirgan uchuvchilarni davlat to‘ntaruviga urinish uchun hibsga olgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: