Tramp nima uchun Erdo‘g‘anni maqtadi?

Jahon 12:55 / 21.07.2016 13910

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp  The New York Times'ga bergan intervyusida Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni tahsinga loyiq  deb topganligini aytdi, bunga prezidentning mamlakatdagi harbiy to‘ntaruvni to‘xtata olgani sabab bo‘lgan. 

"U vaziyatni butkul o‘zgartirib yubora olgani uchun ham tahsinga sazovor, men uning bu harakatlarini yuqori baholayman. Ba'zilar buning barchasi uyushtirilganini aytishmoqda, lekin men bunday fikrda emasman", - dedi milliarder. 

Bundan avval AQSh hukumati Erdo‘g‘anga Turkiyadagi harbiy to‘ntaruv harakati yuzasidan o‘z yordamini taklif qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: