Saudi Aramco tabiiy gazni qayta ishlashga 13,3 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Iqtisodiyot 11:16 / 21.07.2016 3206

Saudiya Arabistoni podshohligining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi tabiiy gazni qayta ishlash sohasiga 13,3 mlrd AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. 

Kompaniya 2015 yili e'lon qilingan Fadhili gazni qayta ishlash zavodi qurilishi loyihasiga aloqador kontragentlar bilan shartnoma imzolagan. Mazkur zavod qurilishi 2019 yili yakunlanishi kutilmoqda. Uning loyiha quvvati kuniga 150 mln kub*metrni tashkil etadi, deb yozmoqda The Wall Street Journal gazetasi.

Ma'lumki, Saudiya hukumati jahon bozorida neft narxi arzonlashganidan beri, qora oltinga bog‘liqlikni kamaytirib, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xususan gaz sohasini rivojlantirishga e'tibor qaratmoqda. Mamlakat Qizil dengiz shelfida suvosti gaz konlarini aniqlashga 10 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: