Rossiya yengil atletlari Olimpiada – 2016da qatnashmaydi

Sport 15:48 / 21.07.2016 6765

Sport hakamlik sudi (SAS) Rossiya Olimpiya qo‘mitasi va 68 nafar yengil atletikachilarning Xalqaro yengil atletika federatsiyalar uyushmasi (IAAF) qarori yuzasidan bergan apellyatsiyasini rad etdi, deb xabar qilmoqda SAS sayti. Shunday qilib, ular Rio–2016 o‘yinlarida Rossiya sha'nini himoya qila olishmaydi. 

Avvalroq, IAAF rossiyalik yengil atletikachilarning arizalarini rad etgan, birgina uzunlikka sakrash bo‘yicha Darya Klishinaga ruxsat bergandi. 

«CAS Rossiya Olimpiya qo‘mitasi va 68 nafar rossiyalik sportchining murojaatini rad etdi», — deyiladi sud qarorida. 

Olimpiya o‘yinlari 2016 yil 5-21 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: