Polshada 1 mlrd dollarlik mualliflik huquqlarini buzgan ukrainalik qo‘lga olindi

Jahon 07:48 / 21.07.2016 4319

Polshada 1 mlrd dollarlik mualliflik huquqlarini buzganlikda gumonlanayotgan ukrainalik qo‘lga olindi. Uning AQShga ekstraditsiya qilinishi so‘ralgan, deb xabar bermoqda AQSh adliya vazirligi.

Ta'kidlanishicha, 30 yoshli xarkovlik Artyom Vaulin Kickass Torrents saytini yaratib, 2008 yildan boshlab bu saytda mualliflik huquqi obekti hisoblanuvchi filmlar, o‘yinlar, musiqa va boshqa mediafayllarni joylashtirib borgan. Ma'lum qilinishicha, sayt 1 mlrd dollardan ko‘proq ziyon yetkazgan. Ta'kidlanishicha, saytga oyiga 50 mln nafar unikal foydalanuvchi kirgan va u dunyoning eng ko‘p tashrif buyuriluvchi saytlari orasida 69-o‘rinni egallab turgan. Saytning o‘zi 54 mln dollarga baholangan, u orqali olinadigan reklama daromadi yiliga 12,5 mln dollardan 22,3 mln dollargachani tashkil qilgan.    

Ta'kidlanishicha, sayt ishlagan serverlar orasida AQSh hududidagi server ham bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: