2016 yil birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, lizing amaliyotlarining umumiy portfeli 2,63 trln. so‘mni tashkil etgan. O‘zbekiston lizing beruvchilar Assotsiatsiyasi yig‘ilishida shu haqda ma'lum qilindi.
Assotsiatsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondagi 126tadan ortiq tashkilot, jumladan 24ta bank lizing xizmatlarini ko‘rsatgan.
Birinchi yarim yillikda, lizing kompaniyalari 2 mingdan ortiq yangi lizing shartnomalarini tuzgan. Ularning qiymati 430 mlrd. so‘mdan ortiqni tashkil etgan.
Hisobot davrida «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» (bitim hajmi – 114,8 mlrd. so‘m), Uzbek Leasing International AJ (28,5 mlrd. so‘m) va «O‘zavtosanoatlizing» (25,2 mlrd. so‘m) kompaniyalari lizing xizmatlari bozorida yetakchilik qilgan.
Banklar orasida «Kapitalbank» ATB (37,3 mlrd. so‘m), «Asaka» ATB (20,6 mlrd. so‘m) va «Qishloq Qurilish Bank» ATB (18,9 mlrd. so‘m) moliya muassasalari yirik lizing bitimlarini imzolay olgan.
Lizing obektlari orasida qishloq xo‘jaligi texnikalari yetakchilik qilgan. Ularning umumiy lizing bitimlari orasidagi hissasi 2015 yilda 38 foizni tashkil etgan.