Avstraliyaning Jetstar aviakompaniyasiga tegishli samolyot Balida favqulodda qo‘nishni amalga oshirishiga to‘g‘ri keldi. Samolyot Sidney-Pxuket oroli (Tailand) yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan. Bu haqida TASS xabar berdi.
Aviakompaniyaning rasmiy vakili so‘zlariga ko‘ra, majburiy qo‘nishni amalga oshirishga sarxush holatdagi 6 nafar yo‘lovchining janjali sabab bo‘lgan.
Bali aeroportida nizo ishtirokchilari Indoneziya politsiyasi tomonidan hibsga olindi. Yaqin kunlarda ularning Avstraliyaga topshirilishi kutilmoqda. Samolyot Pxuket aeroportiga bir necha soatga kechikib qo‘ngan.
"Biz xavfsizlik masalasiga juda jiddiy yondashamiz va yo‘lovchilarga bortda tartibni buzishga yo‘l qo‘ymaymiz, - deya ta'kidladi Jetstar vakili. - Qolgan yo‘lovchilar bu guruhni reysdan olish qarorini qo‘llab-quvvatlashdi va buning uchun ekipajga minnatdorchilik bildirishdi".