Istanbul Tijorat universiteti rektori Nozim Ekrenni qo‘lga olish uchun kelgan politsiyachilarni rektorning qo‘riqchilari qurol bilan qarshi olishdi va qurolli to‘qnashuv kelib chiqishiga bir baxya qoldi. Bu haqda "Dogan" axborot agentligi xabar tarqatgan.
Xabar qilinishicha, bu vaqtda osmonga qarata o‘qlar uzilgan. O‘q ovozlari universitet hududida vahima keltirib chiqargan. Lekin qo‘shimcha kuchlar yetib kelgach, qurolli to‘qnashuv boshlanishi oldi olingan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘qligi aytilgan.
Ekren va uning ikki qo‘riqchisi maxsus xizmatlar vakillariga taslim bo‘lishgan va ayni vaqtda hibsda saqlanmoqda.
Rektor 15 iyul voqealariga aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olingan.
Muvaffaqiyatsiz chiqqan davlat to‘ntarishiga urinishda gumon qilinib, shu vaqtgacha ta'lim sohasida ham tozalashlar o‘tkazilishi doirasida 21 mingdan ortiq kishi ishdan chetlatilgan, o‘nlab dekanlar va rektorlar ishdan olingan.