XVJ: Qirg‘iziston va Armanistondan RFga muhojirlar soni ortadi

Jahon 12:07 / 21.07.2016 7642

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi Qirg‘iziston va Armaniston fuqarolarining Rossiyaga ko‘chishi kuchayishini bashorat qilmoqda. RIA «Novosti»ning xabar qilishicha, YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar fuqarolarining Rossiyaga kirishi yengillashuvi ortidan, tashkilotga a'zo davlatlar Armaniston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyada maxsus ruxsatnomasiz ishlash huquqiga ega bo‘lishgan. Bundan avval, Qozog‘iston va Belorussiya fuqarolari shunday imtiyozga ega edi. 
 
Bugungi kunda, Rossiyada rasman 8,5 millionga yaqin muhojir bo‘lib, ularning 1/3 qismi ukrainlar, 21 foizi O‘zbekiston fuqarolari, 10 foizi Tojikiston va MDHning boshqa davlatlaridan kelganlardir. 

Ko‘proq yangiliklar: