Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi "G-20" mamlakatlarini, iqtisodiyotda kuchayib borayotgan siyosiy xavflarga qarshi kurashish maqsadida globallashuv jarayoniga turtki berishga chaqiradi, deyiladi Jamg‘armaning 23-24 iyul kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan "G-20" moliya vazirlarining anjumaniga tayyorlagan hujjatida.
"Siyosiy xavf-xatarlarning tobora ortayotgani bois, siyosatchilar ko‘ptomonlama munosabatlar va globallashuv ruhiyatini tiklashi va uning ijobiy jihatlarini ko‘paytirishi lozim", — deyiladi hujjatda.
"Ish o‘rinlarining qisqarishi yoki yo‘qolishiga jiddiy e'tibor qaratish kerak. Salbiy qarashdagi aholi qatlamlari orasida globallashuv jarayoniga oid ijobiy fikrlarni uyg‘otishga harakat qilish maqsadga muvofiq. Bu esa, moliyaviy zaxiralarni ishga solishni talab etadi", — deb qayd etgan jamg‘arma.
Ammo, XVJning ta'kidlashicha, aynan siyosiy bo‘lmagan sabablar iqtisodiyot uchun juda xatarli hisoblanadi. Bular, terrorizm, Sharqiy va Janubiy Afrikadagi qurg‘oqchilik kabi tabiiy ofatlar hamda yangi kasalliklardir.