Gyottse: Tan olaman, «Bavariya»ga o‘tib xato qilgandim

Sport 18:44 / 21.07.2016 7240

Mario Gyottse «Borussiya» Dortmund klubiga qaytishidan keyingi ilk so‘zlarini bildirib o‘tdi.

«2013 yilda «Borussiya»ni tark etib, «Bavariya»ga o‘tganimda bu qarorni ongli ravishda qabul qilganman. Bu  ortda qoldi.

Uch yil o‘tdi, men endi 24 yoshdaman. Endi ortga qarab, o‘shandagi qarorim bo‘yicha fikrim o‘zgargan. Muxlislar qarorimni qanday qabul qilishganini juda yaxshi tushunib turibman. Agar bugun shunday vaziyat yuzaga kelsa, «Bavariya»ga o‘tmagan bo‘lardim.

Men uyga qaytdim va o‘z o‘yinim bilan barchani, ayniqsa menga qarshi bo‘lganlarni ham xursand qilmoqchiman. Maqsadim – eng yaxshi o‘yinimni namoyish etish.

Men uchun, muxlislar uchun va «Borussiya» uchun» - deya Gyottsening so‘zlarini keltiradi dortmundliklar jamoasi rasmiy sayti.

Bugun «Borussiya» sobiq futbolchisi bilan 4 yillik shartnoma tuzganini e'lon qildi. Uning transferi uchun myunxenliklarga 26 mln yevro to‘langan.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: