Erdo‘g‘on: YeI Turkiyaning qarorini hurmat qilishi kerak

Jahon 09:27 / 21.07.2016 6726

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida bayonot berishicha, Turkiyada o‘lim jazosi tiklanadigan bo‘lsa, Yevropa davlatlari uning bu qarorini hurmat qilishlari lozim bo‘ladi. 

«Fikrimcha, o‘lim jazosini qaytarish masalasi xalqning qaroriga bog‘liq. Agar, fuqarolar shunday fikrni bildirishsa, demokratiyani hurmat qiluvchi har qanday davlat uni (qarorni) hurmat qilishi kerak bo‘ladi», — degan Turkiya yetakchisi. 

Erdo‘g‘on jurnalistning, o‘lim jazosini tiklash bilan Turkiya YeIga kirmaslikka tayyormi?, -degan savoliga shunday javob bergan. 

Avvalroq, Erdo‘g‘on mamlakatda amalga oshirilgan harbiy davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, o‘lim jazosi tiklanishi mumkinligini aytgan edi. 

GFR kansleri Angela Merkel o‘z navbatida o‘lim jazosi YeIga a'zo bo‘lish bilan mos kelmasligini Erdo‘g‘onga eslatib qo‘ygandi. 

Ko‘proq yangiliklar: