Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an davlat to‘ntaruviga urinishda ishtirok etganlarga qarshi samarali harakatlarni amalga oshirish maqsadida 3 oylik muddatga favqulodda vaziyat tartibi kiritilishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Erdo‘g‘an bu qadam mamlakat konstitutsiyasi bilan to‘liq moslikda amalga oshirilgani va qonun yoki fuqarolarning asosiy erkinliklarini buzmasligini ta'kidlab o‘tdi.
Favqulodda vaziyat rasman uning matni rasmiy hukumat gazetasida chop etilgandan keyin boshlanadi. Favqulodda vaziyatga ko‘ra, prezident va hukumat Turkiya parlamentini chetlab o‘tib yangi qonunlari qabul qilishi, zaruriyat bo‘lganda huquq va erkinliklarni cheklashi yoki to‘xtatishi mumkin bo‘ladi.
Erdo‘g‘an bu haqda mamlakat xavfsizlik kengashi va hukumati yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma'lum qildi.