Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun ertalab Anqaradagi Milliy masjidda namozxonlarni bomdod namoziga chaqirib, azon aytgan. Bu haqda Habertürk telekanalida xabar berilgan.
Prezident majmuasi hududida joylashgan bu masjidga kelganlardan Erdo‘g‘an muazzinlik qilgani videosini internetga joylashtirgan.
Bu video jamoatchilikda katta taassurot uyg‘otdi. Erdo‘g‘anning tarafdorlari va uning Adolat va taraqqiyot partiyasi vakillari bu harakatni olqishlashmoqda. Ikkinchi tomon esa mamlakat prezidenti bunday ish qilmasligi kerakligi haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali fikrlar qoldirmoqda.
Bugun Erdo‘g‘an Turkiyada favqulodda vaziyat kiritilishini e'lon qildi. U bu haqda mamlakat xavfsizlik kengashi va hukumati yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma'lum qildi.
U mazkur qaror konstitutsiyaga to‘liq mos ekanligi va qonunlar yoki Turkiya fuqarolari erkinligini cheklamasligini bildirgan.