Chempion+ gazetasining 2016 yil №27 soni 21 iyuldan boshlab respublikadagi gazeta peshtaxtalarida sotilishi boshlandi.
Gazeta muqovasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan dor ustidagi dorboz sifatida tasvirlangan. Bu suratda u bir qo‘lida O‘zbekiston terma jamoasini, ikkinchi qo‘lida "Paxtakor" klubini tutib turganiga ishora qilinadi.
Shuningdek, gazetada milliy terma jamoa bilan JCh-2018 turniri 3-saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan murabbiy faoliyati sport jurnalisti Qahramon Aslanovning "Dunyodagi eng yaxshi/yomon kasb" nomli maqolasida qalamga olingan.
32 sahifali ushbu gazeta 4000 nusxada nashr qilib kelinmoqda. Sotuvdagi narxi - 1500 so‘m.