Bashar Asad: Muayyan prezidentlarni yomonotliq qilish - AQSh siyosatining bir qismi

Jahon 21:52 / 21.07.2016 13216

Suriya prezidenti Bashar Asadning ma'lum qilishicha, ma'lum bir prezidentni "demonizatsiya qilish" - AQSh siyosatining bir qismi hisoblanadi. U amerikalik siyosatchilarning nosamimiyligini ta'kidlagan.

"Ma'lum prezidentlarga tuhmat qilish va ularni o‘z ta'siriga olishga urinish - amerikacha usul. Ular kamida Ikkinchi jahon urushi davridan buyon shunday yo‘l tutib keladilar. Amerikalik siyosatchilar hech qachon rost so‘zlamaydi. Ularning hammasi yolg‘onchilar", degan Asad Kubaning Prensa Latina agentligiga bergan intervyusida.

"O‘tgan vaqt davomida ular ochiqdan-ochiq aldashga o‘tishdi. Bu ularning siyosatining bir qismiga aylandi. Ularning meni ham shunday yomonotliq qilishmoqda, xuddi Putinga keyingi 2 yil davomida qanday hujum qilayotgan bo‘lishsa, menga ham shunday hujum qilishmoqda. Ular xuddi shu ishni 50-60 yildan buyon Kastroga qo‘llab-kelishdi. Chunki, bu ularning uslubi. Biz bundan tashvishga tushmasligimiz kerak", deya qayd etgan suriyaliklar rahbari jurnalistning savoliga javoban.

AQSh va uning ittifoqchilari shu vaqtgacha bir necha marta Suriyada siyosiy barqarorlik o‘rnatilishi uchun Asadning hokimiyatdan ketishi kerakligini ta'kidlashgan.

Ko‘proq yangiliklar: