Bangladesh oliy sudi muxolifat yetakchisi va mamlakat hukumatining sobiq rahbari Xolid Ziyoning o‘g‘li Toriq Rahmonni pul yuvganlikda ayblab, yetti yil qamoq jazosiga hukm o‘qidi. Bu haqda Bangladesh ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Rahmonga 2,5 million dollarlik jarima qo‘llanilgan. Bu 2003-2007 yillarda u tomonidan mamlakat pullarini yuvgan miqdori bilan teng.
Hukm Rahmonning ishtirokisiz chiqarildi. Chunki u necha yillardan buyon xorijda yashab keladi. Uning biznes hamkori G‘iyos Uddin al Ma'munga nisbatan 2013 yilda 7 yillik qamoq jazosi va 5 million dollarlik jarima belgilangan edi. Oliy sud 21 iyul kuni muddatni tasdiqladi, biroq jarima miqdorini ikki baravar kamaytirdi.