Asad: Erdo‘g‘an harbiylar isyonidan o‘zining ekstremistik dasturini amalga oshirishda foydalanadi

Jahon 20:26 / 21.07.2016 19980

Suriya prezidenti Bashar Asadning hisoblashicha, Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an harbiylarning davlat to‘ntarishiga urinishni o‘z foydasi uchun "xizmat qildirib", bu muvaffaqiyatsiz urinish oqibatlaridan o‘zining ekstremistik dasturini amalga oshirish uchun foydalanadi.

Harbiy isyon bostirilganidan keyin Turkiyada armiya, politsiya, sud tizimi va boshqa davlat organlaridagi yalpi tozalashlar boshlandi. Shu vaqtgacha, isyonga aloqadorligi gumon qilinib 9 mingdan ortiq kishi qo‘lga olindi. 60000dan ortiq kishi lavozimidan chetlatildi.

"Universitetlarning va sudyalarning davlat to‘ntarishiga qanday aloqasi bo‘lishi mumkin? Bu Erdo‘g‘anning asl niyatlarini ifodalaydi. Ular qanday qilib bu turli sohalarni aralashtirib yuborishdi? Erdo‘g‘an davlat to‘ntarishiga urinishdan foydalanmoqda. U Turkiyada "Musulmon birodarlar" nomi ostidagi ekstermistik dasturini tatbiq qilmoqchi. Bu esa Turkiyaga qo‘shni bo‘lgan davlatlar uchun xavf tug‘diradi. Jumladan, Suriyaga", degan Asad Prensa Latina nashriga bergan intervyusida.

16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada harbiylar davlat to‘ntarishi amalga oshirilgani va hukumatni qo‘lga olganlari haqida ma'lum qilishdi. Biroq tonggacha isyon bostirildi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar davomida tinch aholi vakillaridan 190dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 100dan ortiq isyonchi o‘ldirilgan. Shuningdek, 1500dan ortiq kishi jarohat olgan.

Ko‘proq yangiliklar: