Aktyor Maykl Keyn IShID tufayli o‘z ismini o‘zgartirdi

Jamiyat 16:41 / 21.07.2016 22883

Britaniyalik aktyor Maykl Keyn IShID terrorchi guruhi tufayli o‘z ismini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Bu haqida The Sun gazetasi xabar berdi

Ikki karra "Oskar" mukofoti sovrindorining asl ismi - Moris Jozef Miklvayt, Maykl Keyn esa aktyorning taxallusidir. 

"Men IShID va unga bog‘liq hodisalar boshlanganidan so‘ng ismimni o‘zgartirganman", - deya ma'lum qildi artist. U bunday qilishiga aeroportlardagi yoqimsiz holatlar sabab bo‘lganligi bilan izohladi. 

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik xizmati xodimlari unga "Salom, Maykl Keyn" deb murojaat qilishgan, shundan so‘ng u Miklvayt nomi muhrlangan pasportni ularga topshirar hamda samolyotgacha yetib borishiga yana bir soat vaqt kutishiga to‘g‘ri kelardi. "Men u yerda bir soatlab turar edim, shu bois ismimni o‘zgartirdim", - qo‘shimcha qildi Keyn. 

Aktyor "Vinochilar qoidalari", "Xanna va uning singillari", "Gambit", "Karterni yo‘qotish", "Nufuz" va "Betmen: Ibtido" filmlaridagi rollari bilan tanilgan.

Ko‘proq yangiliklar: