AQShning Idoralararo guruhi O‘zbekistonda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi

O‘zbekiston 17:26 / 21.07.2016 5305

AQSh idoralararo guruhi ikki tomonlama konsultatsiya o‘tkazish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurishadi. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Guruh har bir mamlakatning mansabdor shaxslari bilan AQShning mintaqaga bo‘lgan munosabati hamda Afg‘onistonda ro‘y berayotgan so‘nggi voqealar xususida fikr almashishadi. 

18−22 iyul kunlari Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab tashrif uyushtirgan AQSh Davlat departamentining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Lorel Miller boshchiligidagi guruh 5ta davlat hukumatlarining vakolatli shaxslari bilan uchrashmoqda.

Bu kabi maslahatlashuvlar so‘nggi olti yildan buyon har yili o‘tkazilmoqda. Ularda AQSh va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlar, Afg‘onistondagi siyosiy va iqtisodiy hodisalar, xavfsizlik masalalari hamda xalqaro ko‘mak ko‘rsatish kabi mavzular muhokama qilinadi.

AQSh Markaziy Osiyo davlatlaridagi hamkorlar mintaqadagi chaqiruv va tahdidlar, xususan, xavfsizlik va barqarorlik masalalari borasida hamkorlik o‘rnatishga umid qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: