19 iyul kuni O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida Janubiy Koreyaning O‘zbekistonda tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamda investitsiya va moliya-texnika sohalarida hamkorlikning hozirgi va istiqboldagi holatlari haqida muzokara bo‘lib o‘tdi.
Asosiy e'tibor iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida koreys kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi investitsiya loyihalariga qaratildi.