O‘zbekistonning 3 shahrida Davlat dumasi saylovida qatnashuvchilar uchun saylov uchastkalari ochiladi

O‘zbekiston 16:27 / 20.07.2016 6717

Toshkent, Farg‘ona va Navoiy shaharlarida O‘zbekistonda yashayotgan Rossiya fuqarolari uchun saylov uchastkalari ochiladi. Bu haqda Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi ma'lum qilgan.

"Rossiya elchixonasi huzurida uchta saylov uchastkasi ochiladi: Toshkent, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida", — deyilgan elchixona xabarida.

Diplomatik vakolatxona ma'lumotiga ko‘ra, Toshkent shahridagi saylov uchastkasi elchixona binosida joylashadi. Qolgan uchastkalar manzili haqida keyinroq xabar beriladi.

Rossiya Markaziy saylov qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, dunyoning 147 mamlakatida xorijdagi rossiyaliklar uchun Davlat dumasi sayloviga ovoz berish tashkil etiladi. Ularning aksariyati Rossiyaning xorijdagi 235ta elchixona va konsullik binolarida joylashadi. 2016 yilning 1 yanvari holatiga ko‘ra, konsullik hisobida turgan, xorijda doimiy yashovchi, saylov huquqiga ega bo‘lgan rossiyalik 1 903 855 kishi bor.

Ko‘proq yangiliklar: