Turkiyada 99 generalga nisbatan ayblov e'lon qilindi

Jahon 17:28 / 20.07.2016 6774

Turkiya respublikasi qurolli kuchlarining 99 nafar generaliga davlat to‘ntarishini amalga oshirishga aloqadorlik aybi ilgari surildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. 

Avvalroq, mamlakat sudi 85 nafar general va admiralni, davlat to‘ntarishini sodir etishda ayblab, hibsga olish bo‘yicha qaror chiqargan edi. 

Eslatib o‘tamiz, 16 iyulga o‘tar kechasi, Turkiya harbiylari mamlakatda harbiy davlat to‘ntarishi sodir etishga urinib ko‘rgan edi. Istanbul va Anqarada vertolyot va samolyotlar havoga ko‘tarilgan, shaharlar ko‘chalariga tanklar chiqarilgandi. 

Mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on FaceTime ilovasi yordamida televideniye orqali xalqqa murojaat qilib, davlatni asrash uchun fuqarolarni ko‘chalarga chiqishga chaqirgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: