Turkiyaning Oliy ta'lim kengashi oliy o‘quv yurtlari professorlari va muallimlarining mamlakatdan tashqariga chiqishini taqiqladi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Turkiya bo‘ylab universitetlardagi 1577 nafar dekanning iste'foga chiqish to‘g‘risidagi arizasidan keyin hukumat “keyingi ko‘rsatmalargacha” ilmiy xodimlarning mamlakatdan tashqariga chiqishini taqiqlab qo‘ydi.
Taqiq shaxsiy manfaat va ish bo‘yicha sayohatlarga taalluqli.
Kuni kecha Turkiyada davlat xizmatchilarining xorijga chiqishi taqiqlandi. Mazkur ko‘rsatmalar hukumat, sud tizimi va harbiy tuzilmada amalga oshirilayotgan “tozalash ishlari” yuzasidan berilgan.