AQShning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakilining birinchi o‘rinbosari Lorel Miller boshchiligidagi delegatsiya bugun Toshkentga keldi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Toshkentdagi AQSh elchixonasi tomonidan ma'lum qilingan.
Toshkent va Vashington maslahatlashuv doirasida AQSh va Afg‘oniston munosabatlari, Afg‘onistondagi eng so‘nggi siyosiy va iqtisodiy yangiliklar, xavfsizlik va Afg‘onistonni tiklash yo‘lidagi xalqaro hamjamiyat urinishlari mavzularida muzokara o‘tkazishi aytilgan.
Elchixona xabariga ko‘ra, AQSh delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi hukumatlararo guruhning Markaziy Osiyo davlatlariga safari doirasida kechmoqda.
Amerikalik diplomatlar 18-22 iyul kunlari oralig‘ida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlariga safar uyushtirishi rejalashtirgandi.
Markaziy Osiyodagi hukumat vakillari iltimosi bilan boshlangan bu maslahatlashuvlar so‘nggi olti yil mobaynida muntazam ravishda har yili o‘tkazib kelinmoqda.
Elchixona materiallarida "Qo‘shma shtatlar mintaqadagi chaqiriqlar va tahdidlar yechimini topish, shuningdek, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini olib borishdan manfaatdor" ekani qayd etilgan.