Turkiyadagi harbiy to‘ntarishga urinish mamlakatning tashqi siyosatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Aynan mana shu voqealar sabab Turkiya NATO safidan chiqib ketishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, Turkiya shu vaqtgacha tashkilotning eng muhim a'zolaridan bo‘lib kelgan. Turkiya NATOga 1952 yildan buyon a'zo. Suriya va Iroqdagi notinchliklar mamlakatning harbiy blog uchun juda muhim bo‘lakka aylantirdi. IShID terrorchilar to‘dasi yuzaga kelgandan keyin Turkiyaning mavqeyi yanada oshdi.
Biroq AQShni Turkiyaning oxirgi ishlari g‘azablantirmoqda. Chunki Erdo‘g‘an AQShni qo‘zg‘olonchilarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Yetmaganiga, Injirlikdagi harbiy bazada elektr ta'minotini uzib qo‘ydi.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ta'kidlashicha, alyansga a'zo mamlakatlarda harbiy to‘ntarishlar bo‘lishi kerak emas. Agar Rajab Erdo‘g‘an hozir olib borayotgan siyosatini o‘zgartirmasa, mamlakat NATOdan chiqib ketishi aniq, deb hisoblaydi Britaniya nashri.