Texnik sabablarga ko‘ra avgust oyida Afrosiyob o‘rniga «Registon» qatnaydi

Iqtisodiyot 15:04 / 20.07.2016 9939

Afrosiyob tezyurar poyezdi reyslari (Toshkent-Samarqand-Toshkent) 2−4, 9−11 va 15−17 avgust kunlari texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi. Ushbu kunlarda poyezd o‘rnini tezyurar «Registon» poyezdi egallaydi. Bu haqda «Toshkent» vokzali ma'lumotlar xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Toshkentdan 8:00 da yo‘lga chiqqan poyezd Samarqandga 10:45da yetib boradi. Poyezd Samarqandni 17:00 dan tark etib, Toshkentga soat 19:45da kirib keladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan muddatlarda Afrosiyob reyslariga chipta olishni istagan yo‘lovchilar poyezdlar almashgani to‘g‘risida xabardor qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: