Sayyohlar uchun Farg‘onada agrotur tashkillashtirildi

O‘zbekiston 18:28 / 20.07.2016 5452

Farg‘onada mahalliy tur firmalari xorijiy sayyohlarga mahalliy fermalarga tashrif buyurib, u yerdagi ishlarga bevosita ko‘maklashishni tavsiya etmoqda. Bu haqda “O‘zbekturizm” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sayyohlarga mevalarni terishda dehqonlarga yoki baliqchilikda baliqchilarga ko‘mak berish taklif etilmoqda. Hozircha agroturlar ilmiy-tadqiqot institutlari bog‘lari va Quva tumanidagi “Rohatoy” fermer xo‘jaligida o‘tkazilmoqda. Sayyohlar baliq tutgani viloyatdagi beshta baliqchilik fermasiga yo‘l olishlari mumkin bo‘ladi.

Iyun oyida mazkur agroturga Malayziya va Germaniyadan kelgan 50 nafar sayyoh ishtirok etgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: