Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an o‘rtasidagi uchrashuv avgust oyining birinchi dekadasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
Uchrashuvning qayerda bo‘lishi hali aniq emas. Lekin ikki mamlakat rahbarining Bokuda bo‘lib o‘tadigan Rossiya, Ozarbayjon va Eron mamlakat rahbarlari yig‘ilishida uchrashmasligi aniq.