Pokiston huquq-tartibot idoralari "Olg‘a, Pokiston!" siyosiy harakati rahbari Mian Vohidni hibsga oldi. U, mamlakat qurolli kuchlarini Islom respublikasining konstitutsion hukumatini ag‘darib, hokimiyatni qo‘lga olishga chaqirgan. Bu haqda, respublika IIVga tayangan holda Dawn gazetasi yozmoqda.
Pokiston huquq organlari Vohidni davlat to‘ntarishini tashkil etishga uringanlikda ayblamoqda. Gap shundaki, 13 iyul kuni "Olg‘a, Pokiston!" partiyasi faollari Islomobod, Karachi, Lahor, Ravalpindi, Peshavor va boshqa yirik shaharlarda mamlakatning quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni general Raxil Sharif (Pokiston armiyasining eng yuqori mulozimi)ni bosh vazir Navaz Sharifni ag‘darib, davlat hokimiyatini qo‘lga olishga undovchi shiorlarni yopishtirgan edi.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Islomobod chekkasidagi mehmonxonalardan birida yashirinib yurgan Mian Vohid ham qo‘lga olingan.