Pogba «Yuventus» rahbariyatidan o‘zini «Manchester Yunayted»ga qo‘yib yuborishlarini so‘radi

Sport 18:22 / 20.07.2016 3659

«Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogba turinliklar klubini tark etishni istamoqda.

Italiyadagi ikkita nashr – La Gazzetta dello Sport va Tuttosport nomli nashrlar bir vaqtda fransuz futbolchining «Yuve» rahbariyatidan o‘zini «Manchester Yunayted»ga qo‘yib yuborishni so‘ragan.

Bundan oldinroq, tomonlar muzokara boshlagani, unda futbolchining agenti Mino Rayola ham ishtirok etayotgani hamda «MYu» Pogba uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilayotgani haqida xabarlar berilgandi. Shuningdek, «Yunayted» o‘zining sobiq futbolchisi bilan kelishuvga erishgan, unga ko‘ra futbolchiga yiliga 12-15 million yevrolik maoshni nazarda tutuvchi 5 yillik shartnoma taklif qilingan.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: