Turkiya poytaxti politsiya mahkamasi 900 nafar huquq posbonini vaqtinchalik ishdan bo‘shatdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. Ular, 16 iyul kungi voqealarni tashkil etganlikda gumon qilinyotgan Fathulloh Gulen tashkilotiga aloqador bo‘lishi mumkin.
Umuman, Turkiya xavfsizlik xizmati davlat to‘ntarishini uyushtirishda ayblab, 9332 kishini qo‘lga olgan. Ularning orasida, prezidentning ikki ad'yutanti, Turkiya din ishlari boshqarmasining 492 xodimi, 100 nafar politsiyachi, 6038 harbiy xizmatchi, 755 nafar hakam va prokuror, Bosh vazir devonxonasining 250 xodimi hamda 650 fuqaro qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, Hurriyet gazetasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi, IIV, Ta'lim bo‘yicha Oliy kengash, Ta'lim vazirligi, Milliy razvedka boshqarmasi, Din ishlari bo‘yicha bosh boshqarma, Oila va ijtimoiy siyosat vazirligi, Moliya vazirligi va energetika bozorlarini nazorat qilish departamenti kabi davlat tuzilmalarining 28 ming 321 nafar xodimi ishdan bo‘shatilgan. Ta'lim vazirligi qoshidagi xususiy ta'lim muassasalari 21 ming xodimining lavozimi pasaytirilgan.