Xitoyning Meizu kompaniyasi Pekinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida o‘zining yangi mahsuloti, 10 yadroli Helio X20 protsessori va Sony kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 12 megapikselli maxsus kamerasiga ega MX6 smartfonini namoyish etdi. 7,25 mm qalinlikdagi, temirqoplamali mobil qurilma birinchi bo‘lib Xitoyda sotila boshlanadi.
Unga Sharpning 5,5 dyumli (1080r o‘lchamli) ekrani, 10-yadroli MediTek Helio X20 chipi, Mali-T880 grafikasi, 4 gigabaytli operativ xotira o‘rnatiladi. Bundan tashqari, 32 gigabaytli ichki xotira va 3060 ma*s quvvatli batareyaga ega bo‘ladi. Taqqoslash uchun, Pro 6 modeli Helio X25 protsessoridan foydalanadi. U birmuncha samaraliroq A72 yadrolaridan tashkil topgan.
12-megapikselli asosiy fotokamerasi yapon kompaniyasining yangi Sony IMX386 1/2,9 mahsuloti bo‘lib, uning suratga olish sifati Galaxy S7 niki bilan bemalol raqobatlasha oladi.
Bundan tashqari, MX6ga 5-mplik selfi-kamera ham ega. Smartfon 2ta sim karta va LTE-tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Unga Android-Flyme (Marshmallow asosida) dasturi o‘rnatilgan.
Telefon Meizuga xos bo‘lgan ranglar: kulrang, tilla va kumush tuslarda ishlab chiqariladi. Uning Xitoydagi narxi 1999 yuan (299 dollarga yaqin) etib belgilangan. Savdolar 30 iyuldan boshlanadi.