Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘zining «qandayin qudratli ekanini» ko‘rsatishda davom etadi. Uning hukumati mamlakatda amalga oshirilgan harbiy to‘ntarishga urinishdan keyin turli soha vakillari orasida «yalpi tozalash» ishlarini o‘tkazmoqda.
Hurriyet xabariga ko‘ra, endi navbat sportchilarga keldi. Mamlakat sport vaziri Akif Chag‘atayning ma'lum qilishicha, vazirlikning 245 nafar xodimi isyonga aloqadorlikda ayblanib, o‘z vazifasidan ozod etildi.
Avvalroq minglab maktab o‘qituvchilar va jurnalistlar ishsiz qolishgan edi.